Boxodir Xoshimovich Karimov "Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma"

O`quv qo`llanmasida Arduino IDE muhiti yordamida Arduino platasini dasturlash tili yoritilgan bo`lib, amaliyotda qo`llaniluvchi amaliy loyihalar keltirilgan. Qo`llanmada amaliyotda qo`llaniladigan, yechimi tugallangan Arduino asosidagi ko`plab amaliy loyihalar yoritilgan. Qollanmada keltirilgan loyihalardan o`quv jarayoni, sanoat, qishloq xo`jaligi, tibbiyot va boshqa sohalarda qo`llash imkonlari keltirilgan.

date_range Год издания :

foundation Издательство :Издательские решения

person Автор :

workspaces ISBN :9785006401464

child_care Возрастное ограничение : 12

update Дата обновления : 06.06.2024

Arduino platasining bir qotor versiyalari mavjud. Arduino platasining asosiy versiyalarining modellari quyidagilar:

? Due – Cortex-M3 ARM SAM3U4E mikroprotsessori 32-bit ARM bazasi asosidagi plata;

? Leonardo —ATmega32U4 mikrokontrolleri asosidagi plata;

? UNO —Arduinoplatformasi asosidagi eng ko‘p qo‘llaniladigan versiya;

? Duemilanove – ATmega168 yoki ATmega328 mikrokontrolleri asosidagi plata;

? Diecimila – Arduino USB platformasi asosidagi versiya;

? Nano – maket sifatida ishlovchi kompakplatforma. Nano kompyuteri USB Mini – B kabelya orqali ulanadi;

? Mega ADK – na Android telefoni va boshqa USB interfeysli qurilmalarda aloqani USB-host interfeysini qo‘llovchi Mega 2560 versiyali plata;

? Mega 2560 – USB-port orqali ketma ket ulanuvchichi ATMega8U2 chipi asosidagi ATmega 2560 mikrokontrolleri bazasidagi plata;

? Mega – ATmega1280 mikrokontrolleri bazasidagi Mega seriyali versiyasi;

? ArduinoBT – programmalashtirish va sim aloqa uchun Bluetooth modulli platformasi;

? LilyPad – tabiiy tola materiallariga biriktiriluvchi platforma;

? Fio – simuzatish uchun mo‘ljallangan platforma. Fio XBeeradio uchun ulash uyasi, LiPo batareyasi zaryadlash uchun ulash uyasi mavjud;

? Min i— eng kichik Arduino platformasi;

? Pro – tajribali qo‘llanuvchilar uchun yaratilgan platforma bo‘lib, katta proektlarni yaratish imkoni mavjud;

? Pro Min i— Pro platformai singani, tajribali qo‘llanuvchilar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, uning narxi arzon, o‘lchami kichik va qo‘shimcha funksiyalari mavjud.

2.1.1. Pro Mini Arduinosi

2.1-rasm. Pro Mini Arduino platasi

Pro Mini Arduinosi (2.1-rasm) ATmega168 mikrokontrolleri asosida tayyorlangan.

2.1-jadvalda Pro Mini Arduino platasinig xarakteristikalari keltirilgan.

Arduino ProMiniFTD Ikabel orqali ta’minlanadi, yoki VCC chiqish orqali

3,3 Volt yoki 5V kuchlanish bilan va RAW chiqishi boshqarilmaydigan manba orqali taminlanadi.

Ta’minlash chiqishlari

? RAW – boshqarilmaydigan kuchlanish orqali ulash;

? VCC -3,3 V yoki 5V boshqariladigan kuchlanishni ulash;

? GND – yrga ulash chiqishlari.

2.1.2. Nano Arduinosi

Nano platformasi (2.2-rasm), ATmega 328 (Arduino Nano 3.0) yoki ATmega168 (Arduino Nano2.x) mikrokontrolleri asosida tuzilgan, bo‘lib kichik o‘lchamga ega bo’lib u laboratoriya ishlarida qo‘llaniladi.

2.2-rasm. Nano Arduino platasi

Nano Arduino platasi kompyuterga ulangan USB Mini orqali kuchlanish oladi yoki boshqariluvchi 5V, tashqi ta’minlash manbasidan oladi. Yuqori kuchlanshli manba avtomatik tanlanadi.

Nano Arduino platasining xarakteristikalari 2.2.jadvalda keltirilgan.

2.1.3. ArduinoUNO

2.3-rasm. ArduinoUNO (DIP) platasi

UNO Arduino platformasi ATmega328 (2.3-rasm) mikrokontrolleri asosida tuzilgan. Kompyuter bilan aloqa qilish uchun FTDI USB mikrokontroller USB orqali ulanadi. Yangi UNO Arduinosida ATmega8U2 mikrokontrollerdan foydalaniladi.

Arduino UNO platasining xarakteristikalari 2.3-jadvalda keltirilgan.

2.1.4. Mega Arduinosi

Mega Arduinosi Atmega2560 (2.4-rasm) mikrokontrolleri asosida tuzilgan.

2.4-rasm. Mega Arduino platasi

Mega Arduino platasining xarakteristikalari 2.4-jadvalda keltirilgan.

3-bob. ARDUINONI QUVVATLANTIRISH VA PWM, ANALOG, RAQAMLI PINLAR

3.1.Arduino raqamli va analog pinlari

Ushbu bo`limda Arduinoda analog va raqamli, hamda PWM (pulse-width modulation), o`zbek tilida IKM (impuls kengligi modulyatsiyasi), rus tilida ШИМ (широтно-импульсная модуляция) pinlarini va analog signalni raqamliga qanday o`zgarishini ko’rib o’tamiz.

3.1.rasm. Signallarning ko’rinishi

Analog signal – vaqt o`tishi bilan doimiy ravishda o`zgaradi. Tabiatdagi barcha ma`lumotlar analog-suvdagi to`lqinlar, simli tebranishlar va boshqalar. Dastlab, odam analog qurilmalar yordamida ma`lumotni (tovushlar, tasvirlar, videolar) yozib oldi. Ammo analog signallar shovqin va uning ta`siriga sezgir.

Raqamli signal – bir va nol (signal bor yoki yo`q) ko`rinishida uzatiladi, kompyuterlar va raqamli texnologiyalar uchun uni amalga oshirish osonroq (3.1-rasm).

Arduino Nano, Arduino UNO, Arduino Mega 2560 larning pinlarini bir necha turga bo`lish mumkin, farqi turli platalardagi pinlar sonida bo`ladi. Misol uchun, Arduino Mega 2560-da plata o`lchami va mikrokontrollerning ishlashi tufayli UNO yoki Nanoga qaraganda sezilarli darajada ko`proq raqamli va analog portlar mavjud. Aslida, pinlarni dasturlashning xarakteristikalari va usullari bir – biridan farq qilmaydi.

1. Quvvat pinlari – quvvat portlari, ularning ishlash rejimini dasturlash yoki o`zgartirish mumkin emas. Ular 5V yoki 3,3V stabillashtirilgan kuchlanishni beradi, Vin quvvat manbayidan kuchlanishni beradi va GND umumiy minus (3.2-rasm).

3.2-rasm. Arduino UNO

Arduinoni quvvatlantirish bir necha yo`l bilan amalga oshiriladi:

a. USB kabel orqali quvvatlantirish;

b. Plataga ulangan ba`zi komponentlarni alohida quvvatlantirish;

c. Tashqi manbadan quvvatlantirish.

3.2.Arduino platasini quvvatlantirish

Все книги на сайте предоставены для ознакомления и защищены авторским правом