Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov "Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma"

O’quv qo‘llanma «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlashdagi «Avtomatlashtirishning texnik vositalari» fanidan adabiyot sifatida tayyorlangan. O‘quv qo‘llanmada avtomatashtirishning texnik vositalari fan doirasida ochib berilgan. Ularni yoritishda tizimlaridagi joylashish ketma-ketligiga moslashtirilgan. O‘quv qo‘llanma bakalavrlar, magistrlar va shu sohada shug‘ullanadigan muhandislar uchun mo‘ljallangan.

date_range Год издания :

foundation Издательство :Издательские решения

person Автор :

workspaces ISBN :9785006061453

child_care Возрастное ограничение : 12

update Дата обновления : 15.06.2024

– programmalashtirish va kalibrovkalash shart emas;

– ulanish sxemasi sodda;

– talab qilingan tok manbai stabillashtirilmagan va 15 V – 36 V.gacha bo‘lishi mumkin;

– elektr energiyasini kam iste’mol qiladi;

– tashqi elektromagnit maydoniga turg‘un va chiqish signali stabillashtirilgan;

– aniqlilik klassi 0,5 yoki 1.

Kichik o‘lchamli bosim datchiklari ham ikki qisimdan iborat. 1-blok o‘lchash bloki 2- blok elektron blokidir.

6.35 – rasm. Kichik o‘lchamli bosim o‘lchami strukturasi. PZU —doimiy xotirlash qurilmasi, ASP – analog-raqamli aylantirish qurilmasi, ION- datchikni ta’minlovchi tok manbai, MP- mikroprotsessor, SAP – raqamli- analog aylantirish qurilmasi, Raqamli indikator, NART – ikkilik informatsiyali protokol

Datchik tokni ION tok manbaidan oladi (rasm 6.35). MP – mikroprotsessor ASP yordamida olingan qarshilik o‘zgarishini raqamli informatsiyaga aylantirib, PZU doimiy xotiraga yozib qo‘yilgan kattaliklar bo‘yicha real o‘lchov birligiga keltiradi. Bundan tashqari olingan natijani keltirilgan 4 ? 20 mA elektr signaliga yoki HART protokol yordamida informatsiyani ikkilamchi qurilmaga uzatishni tashkil etadi.

6.36 – rasm. Kichik o‘lchamli bosim o‘lchash datchiklarini ulanish sxemasi

1-bosim datchigi, 2-bosim datchigi ulanish kontaktlari, 3- doimiy tok manbai (12V?36 V).

Kondensatorli datchik. Kondensator qatlamlari orasidagi masofani o‘zgarishi bilan elektrostatik sig‘imni o‘zgarishiga asoslangan. Ya’ni sig‘imni o‘zgarishi ta’sir etuvchi bosimni o‘zgarishini aks ettiradi. Qurilmadagi elektron blok bu o‘zgarishni elektir signaliga aylantiradi. Sig‘imli bosim datchiklar kremniyli yoki keramik bo‘lishi mumkin. Kondensator koplamlari orasiga odatda yog» yoki biror organik suyuqlik qo‘yiladi. Bu turdagi bosim o‘lchash datchiklar sezgir datchiklar hisoblanadi. Datchikni asosiy kamchiligi chiqish signalini chiziqli emasligidir.

6.37 – rasm. Sig’imli bosim o‘lchash datchigi o‘rnatilish sxemasi.

Sig‘imli bosim farqini o‘lchash datchiklari o‘lchash datchigi texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarida aniqligi yuqori bo‘lganligi sababli suyuqlik va gazlarning sarfini uzuluksiz o‘lchashda keng qo‘llanilmoqda.

6.38 – rasm. Sig‘imli bosim farqini o‘lchash datchigi. 1- kameralar membranalari, 2- sezuvchi element, 3,4- kondensatorni qo‘zg‘almas qoplamlari.

Keltirilgan (rasm 6.38) intellektual mikroprotsesorli bosim farqini o‘lchash Fisher-Rozmont datchigi kameralarda qo‘yilgan 1 membranalar kondensator qo‘zg‘almas qoplamalari 3,4 orasiga qo‘yilgan 2 sezuvchi membrana bilan boglangan. Kondensator qoplamalari orasi neytral suyuqlik bilan to‘ldirilgan. Bosim farqi ta’siri ostida 2 sezuvchi element – membrana o‘zgaradi. Bu esa sistemani elektr sig‘imini o‘zgarishiga olib keladi. Bu o‘zgarishni elektron blokida joylashgan mikroprotsessor ASP yordamida raqamli signalga aylantirib qayta ishlaydi. Natijaviy signalni keltirilgan elektr signali ko‘rinishida uzuluksiz uzatadi.

Rezonans bosim o‘lchash datchigini ishlash prinsipi akustik yoki elektromagnit to‘lqinlarni suyuqlik va gazlarda uzatilish hodisasiga asoslangan. Ular juda stabil datchiklar hisoblanadi. Lekin kamchiliklar shundaki, har bir datchik o‘lchanayotgan sharoitga individul tayyorlanadi va agressiv muhitlarda xatolik chegarasidan chiqmasdan foydalanish imkoniyati yo‘q.

6.39-rasm. Rezonans bosim o‘lchash datchigi o‘rnatilish sxemasi.

Induksion bosim o‘lchash datchiklarini ishlash prinsipi aylanma (Fuko) toklarini qayd qilishga asoslangan. Datchikni sezuvchi elementi ikkita induktiv g‘altak orasiga metall plastinka qo‘yish bilan tashkil etilgan. Birlamchi induktiv g‘altakda o‘zgaruvchan tok o‘tkazilsa, ikkinchi g‘altakda induksion tok hosil bo‘ladi. G‘altaklar orasidagi metall ekranni surilishi sistemani induktivligini o‘zgartiradi. Sistemani induktivligini o‘zgarishi metall plastinkaga qo‘yilayotgan bosim kuchiga proporsional.

Ionizatsion datchiklar atmosfera bosimidan juda kichik bo‘lgan bosimlar (10

 – 10 

 Pa) uchun qo‘llaniladi. Bu datchiklarni ishlash prinsipi elektron lampalarni ishlash prinsipiga o‘xshagan. Agar lampada bosim hosil qiluvchi zarralar soni ko‘p bo‘lsa, katod bilan anod o‘rtasidagi zaryadli zarrachalar harakatiga to‘sqinlik paydo bo‘ladi. Bosim kichrayishi bilan bu to‘sqinlik kamayib boradi.

6.40 – rasm. Ionizatsion bosim o‘lchash datchigi sxemasi. 1- katod, 2- setkal ko‘rinishidagi anod, 3- silindr ko‘rinishidagi kollektor.

Ionizatsion va sig‘imli dachiklarda chiqish signali bosimga logarifimik shkala bo‘yicha bog‘liq. Ya’ni bog‘lanish chiziqli emas. Bu holat o‘lchash tizimida noqulayliklar tug‘diradi.

Issiqlik manometrlari 10 – 10

Pa bosimlarni o‘lchash uchun qo‘llaniladi.

6.41 – rasm. Issiqlik bosim o‘lchash datchigi sxemasi.

Bu issiqlik manometrlarida (Rasm 6.41.) R4 qarshilikni volfram materialidan tayorlanadi, 200 

C doimiy temperaturagacha tok bilan qizdiriladi. Idishdagi bosimni o‘zgarishi volframni issiqlik uzatishini o‘zgarishiga olib kelib, uni qarshiligini o‘zgartiradi. Bu o‘zgarish qarshiliklar ko‘prigini balansini ko‘rsatib turuvchi mV da aks etadi.

Biz tashkil etgan texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarida asosan «Sapfir-22M», «Metran – 100» va kichik o‘lchamli mikroprotsessorli «KARAT» bosim datchiklari qo‘llanilgan [4,5]. Ularni chiqish signallari 0 ? 5 mA, 4 ? 20 mA.

Конец ознакомительного фрагмента.

Текст предоставлен ООО «Литрес».

Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию (https://www.litres.ru/book/sultonali-mukaramovi/avtomatlashtirishning-texnik-vositalari-o-quv-qo-llan-70776730/chitat-onlayn/?lfrom=174836202&ffile=1) на Литрес.

Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.

Все книги на сайте предоставены для ознакомления и защищены авторским правом