Sardor Nabievich "Bolalarga Tushunarli Islom"

None

date_range Год издания :

foundation Издательство :Издательские решения

person Автор :

workspaces ISBN :978-5-0055-2983-1

child_care Возрастное ограничение : 6

update Дата обновления : 14.06.2023

В В В В Va Unga hech kim teng bo`lmagan

FARISHTALAR

Siz, albatta, ota – onangizdan Alloh bizdan tashqari jinlar va farishtalarni yaratganligini eshitgandirsiz. Shunday qilib, odamlar loydan, jinlardan olovdan, farishtalar esa nurdan yaratilgan. Farishtalar hech qachon Allohning amridan chiqmaydi. Va aynan shu bilan ular odamlar va jinlardan farq qiladi.

Farishta Jabroil Allohning so’zlarini payg’ambar Muhammad (s.a.v) ga yetkazdi va shuning uchun farishta Jabroilni xabar beruvchi farishta deb ataymiz. Bu haqda gapirib berganlarimni unutmaganmisiz, dono kichkintoylarim?

Musulmonlar farishtalar haqida Qur’oni Karimdan bilishadi. Har birimizga hamma yerda ikkita farishta hamroh bo’ladi. Bu farishtalar insonning barcha amallarini kitobga qayd qiladilar. Ular bizning yaxshi va yomon ishlarimizni yozib boradilar. Shuning uchun, biz ularni yozuvchi farishtalar deb ataymiz.

Farishtalar turli bo`ladilar. Masalan, odamlarning jonini oladigan farishta mavjud. Biz uni o’lim farishtasi deb ataymiz.

Biz farishtalarni ko’rmaymiz, chunki ular ko’zlarimiz uchun ko’rinmas moddalardan yaratilgan.

Biroq biz ularning mavjudligini bilamiz, chunki Alloh bu haqda bizga xabar berdi. Boshqa barcha yaratiqlar singari, farishtalar ham Alloh tomonidan yaratilgan. Ular faqat Ungagina bo’ysunadilar va uning amrini bajaradilar.

Biz quyosh chiqishi va botishi, osmon bo’ylab bulutlar harakati, yomg’ir yog`ishi, o’simliklarning o’sishi va boshqa ko’plab tabiat hodisalari Allohning irodasiga ko’ra sodir bo’lishini bilamiz. Hech narsa uning irodasisiz sodir bo’lishi mumkin emas. Alloh unga so’zsiz itoat qiladigan farishtalarni ham yaratdi. Ular Alloh irodasini bajaradilar, hamma narsa Alloh irodasiga monand sodir bo’lishini va unga muvofiq amalga oshishini ta’minlaydilar. Farishtalar Rabbimizning itoatkor xizmatkorlaridir.

Alloh inson unga itoat va ibodat qilishini, yaxshi amallar qilishini xohlaydi. Bizning Yaratuvchimiz unga ishonishimizni xohlaydi. Jabroil orqali Bilguvchi Parvardigorimiz Muhammad (s.a.v) ga qadar yashagan ko’plab payg’ambarlar bilan suhbatlashdi. Payg’ambarlar esa Alloh odamzotdan nimani kutayotganini unutmasliklari uchun odamlarga Allohning irodasini eslatib turdilar,. Bularning barchasi to`g`risida Qur’on va Payg’ambarimiz (a.s) ning haqqoniy hikoyalaridan bilib olishimiz mumkin.

Barcha payg’ambarlar ushbu so’zlar bilan odamzotga murojaat qildilar:

SIZ FAQAT ALLOHGA ISHONISHINGIZ KERAK!

YOLG’IZ UNGAGINA IBODAT QILING VA FAQAT

YAXSHILIK QILING!

ODAM ALAYHISSALOM

Barchangiz sirli hikoyalar va ajoyib sarguzashtlarni yaxshi ko’rsangiz kerak! Payg’ambarlarning hayoti esa juda qiziqarli va hayajonlidir. Ushbu hikoya bilan biz sayyoramizda yashagan eng ajoyib insonlar haqida bir qator hikoyalarni o’qishni boshlaymiz. Bu Allohning payg’ambarlari haqidagi hikoyalardir. Keling, ular bilan tanishaylik! Agar Allohning irodasi bo’lsa, siz ozingiz uchun yangi va ajoyib dunyoni kashf etasiz.

Odam (a.s) eng birinchi inson edi. Birinchi bo`lib Buyuk Parvardigor farishtalar va jinlarni yaratdi. Va ulardan keyin-ilk inson – Odam (a.s) ni yaratdi. Buyuk ijodkor o`z yaratig`iga ko’zlar, quloqlar, burun, qo’llar va oyoqlar ato etdi. Bizning tanamiz shakli Alloh tomonidan yaratilgan barcha boshqa jonzotlarning shakllaridan, masalan, hayvonlardan farq qiladi. Bolajonlar, inson Allohning eng buyuk yaratig`idir. Alloh insonni Yer yuzida yashashi va unga sajda qilishi uchun yaratdi.

Alloh Odam (a.s) ga ruh berdi va tiriltirdi. Dunyoning buyuk Robbisi yangi yaratiqqa hurmat belgisi sifatida farishtalar va Iblisga Odam (a.s) ga sajda qilishni buyurdi. Iblis —bu jin. Bundan tashqari, uni shayton ham deb ataydilar. U barcha jinlar orasida eng obro`lisi bo’lgan va farishtalar bilan birga Jannatda yashagan. Farishtalar Allohning amrini bajo keltirdilar, lekin Iblis itoatsizlik qildi va birinchi odamga sajda qilmadi. Shayton Odam (a.s) dan g’azablanib, undan nafratlanar edi. Iblis o`zini insondan yaxshiroq deb bilar, va Yaratganning sevgisiga va uning yaratiqlari hurmatiga o`zini hammadan ko’proq loyiq deb hisoblardi. Uning qalbiga rashk va hasad o`rnashdi.

Shunda Alloh itoatsiz shaytondan so’radi:

– O, Iblis! Nima uchun mening yaratig`imga sajda qilmading? Kibr seni ko`r qilibdi yoki sen o`zingni boshqalardan ustun deb o’yladingmi?

– Men undan yaxshiroqman! – takabburlik bilan javob berdi Iblis. – Axir sen meni olovdan, odamni esa oddiy loydan yaratding.

Shunda buyuk Robbimiz shaytonni o’z inoyatidan bebahra qildi.

– Jannatdan chiq! – dedi Alloh Iblisga.

– Mening Robbim! Qiyomat kunigacha meni jazolama! – deb shayton hitob qildi.

O`zining hasadgo’yligi va g’azabi tufayli Iblis Odam (a.s) ham Allohga itoatsizlik qilishini va iymondan chiqishini xohladi. Va darhol ayyor bir reja tuzdi.

– Men tayinlagan kunga qadar jazoingni kechiktiraman», deb javob berdi Buyuk Alloh.

Iblis Odam Atodan nafratlana boshladi. U Allohni insonni boshqa yaratiqlardan ustun qo’yganini hazm qila olmas edi. Shuning uchun, u Odam (a.s) ning dushmaniga aylandi va uni Allohning irodasiga qarshi borishga majburlashni niyat qildi.

Lekin Odam Ato, shaytondan farqli o’laroq, Allohning itoatkor quli edi. Odam (a.s), avvalo, uni yaratgani uchun Robbisiga hamd aytdi. Yaratgan uni o`ziga yaqinlashtirgani va boshqa yaratiqlardan ustun qilgani uchun chin yurakdan minnatdorchilik bildirdi. Va biz ham, mening azizlarim, birinchi odam Allohni sevganidek, Robbimizni chin dildan sevishimiz kerak. Odam (a.s) kabi, bizni yaratgani uchun qudrat sohibi Allohga hamd-sano aytishimiz lozim. Va, shuningdek, birinchi odam payg’ambar Odam Ato (a.s) ibodat va sajda qilganidek, Unga ibodat va sajda qilishimiz kerak.

Odam Ato Jannatda yashar, va bir oz o`zini yolg’iz his qilar edi. Shuning uchun mehribon Alloh uning uchun xotin yaratdi. Odam (a.s) uni ko’rgach, u juda hayron bo’lib qoldi va so’radi:

– Kimsan?

– Men ayolman, – dedi u…

Odam Ato unga uylandi va birinchi ayol uning yonida Jannatda yashay boshladi. Farishtalar uni birinchi marta ko’rgach, Odam (a.s) dan bu yangi yaratiqning nomi nima ekanini so’radilar. «Bu Havvo», deb javob berdi Odam Ato.

Jannat biz tasavvur qiladigan barcha joylarning eng chiroylisidir. Jannatda issiq, sovuq, charchoq, kasallik yo’q. Odam Ato va Momo Havvo u yerda hech qachon ochlik yoki tashnalikni sezmaganlar. Bu butun koinotdagi eng go’zal joydir. Hech qachon va hech qayerda bundanda go`zalroq go`sha bo`lmagan, bo`lmaydi ham.

Bir kuni Iblis odamning yoniga kelib, uni Allohga taqiqlagan daraxtlardan birining mevasini yeyishga ishontira boshladi. Iblis hatto ularga yaxshilik qilishni xohlayotganini aytib, Allohga qasam ichadi. Odam Ato Alloh unga bu daraxtga yaqinlashishni ma`n qilganini yaxshi eslar edi. Birinchi odam o`z Yaratuvchisini sevar va itoatsizlikdan qo’rqardi. Shuning uchun u ayyor Iblisning aldovlariga e’tibor bermadi. Biroq, shayton Odam (a.s) ni tinch qo`yishni istamasdi. U odam ham xatoga yo’l qo’yishini va u kabi do’zaxga tushishini xohladi. Yovuz jin Odam Atoni avrashda davom etdi, agar Odam (a.s) taqiqlangan daraxtning mevasini yeb ko’rsa, u farishtalar kabi abadiy yashay oladi.

Vaqt o’tishi bilan, Odam Ato Iblisning so’zlariga ishondi va ular Havvo bilan taqiqni buzdilar hamda taqiqlangan daraxtning mevasini tatib ko`rdilar. Biroq, tez orada ular Allohning amriga bo’ysunmagani va itoatsizlik qilganlariga pushaymon bo’ldilar. Odam Ato va Havva darhol Parvardigordan kechirim so’rashdi. Rahmdil Rabbimiz esa ularni kechirdi, chunki U karami keng zotdir. Shundan keyin Alloh Odam Ato va uning xotinini Yerga yubordi, ular yaxshi amallarni qilishlari hamda Alloh amrini bajarishlari kerak edi. Bundan tashqari, yerda ularga

Jannatda bo’lgani kabi, hamma narsa muhayyo emas edi, balki ular o`z mehnatlari bilan yegulik topishlari lozim edi. Ammo ular Allohga sodiqligini isbotlasalar, ularni Jannatga qaytarishga va’da berdi.

Va Alloh o’zining birinchi payg’ambari deb Odam Atoni tayinladi. Undan keyin Parvardigor dunyoga ko’plab boshqa payg’ambarlar va elchilarni yubordi. Ularning so’zlarini tinglaydigan va yaxshi amallar qilgan odamlar o’limidan keyin Jannatga tushadilar. Va ularning ogohlantirishlarini e’tiborsiz qoldirib, yomon amallar qiladiganlar do’zaxga tushadilar.

Odam Ato va uning ayoli yerga tushishdi. Va hayot o’z navbatida davom eta boshladi. Alloh ulardan mamnun edi. Mehribon Robbimiz ular iste`mol qilishi mumkin bo’lgan rizq ato etdi va ularni yer yuzida yashashga o’rgatdi. Alloh Odam Atoni yaratganida, u sayyoramizda mavjud bo’lgan hamma bilimlarni unga ayon qilgi. Alloh Odam Atoga daraxt, temir, olovdan foydalanish va boshqa ko’plab narsalarni o’rgatdi.

Masalan, u tosh va yog’ochdan olov olish yoki pichoq yashash haqidagi bilimlarni ato qildi. Shu tariqa birinchi odamlar yer yuzida mehnat qila boshladilar, xuddi sizning ota-onangiz ishlagani kabi. Bu yerda Odam Ato va Havvo bolalari va ularning farzandlarini tarbiyaladilar. Shu tariqa, yer yuzida odamlar ko`paydi. Bir avlod boshqasiga almashdi. Alloh o`z payg’ambarlarini barcha avlodlarga jo’natar edi. Barcha payg’ambarlar odamlarga «Faqat bitta Xudoga ibodat qiling! U sizning iste`mol qilishingiz uchun o’simliklar va hayvonlarni yaratdi. Yaratgan eganga shukr qiling va doim ezgu amallarni qiling» deb nasihat qilar edi.

Nuh (a.s)

Odam ato va Havvo yer yuzida yashay boshlaganiga yuzlab yoki hatto minglab yillar o’tgach, ularning avlodlari yagona Allohga ibodat qilishlari kerakligini unutdilar. Ular vafot etgan solihlarni hurmat qila boshladilar va oxir-oqibat ularni o`z xudolariga aylantirdilar. Faqatgina Nuh ismli bir kishi va uning oilasi yagona Allohga sodiq qoldi. Va Robbimiz uni odamlarga payg’ambar va elchi qilib sayladi.

Nuh (a.s) o’z xalqiga quyidagilarni aytar edi:

– Allohga sajda qiling, undan qo’rqing va menga itoat qiling!

Lekin odamlar unga quloq solmadilar. Nuh ular Rabbiyga itoat qilmasalar, ularga yuborilajak dahshatli jazo haqida ogohlantirdi. Faqat bir nechta kambag’allar Nuhga ishondilar va unga qo’shildilar. Qolgan odamlar uning yuziga qarab kular edilar:

– Sen biz kabi oddiy insonsan… Sening yolg’onchi ekanligingni bilamiz! Agar mana bu kambag`allarni quvib solsang, ehtimol senga quloq solarmiz!

– Men sizdan hech qanday mukofot so’ramayman! – dedi ularga payg`ambar (a.s) – Men sizni mamnun qilish uchun kambag’allar va zaiflarni hamquvmayman.

– Agar sen haqiqatni so`zlayotgan bo`lsang, Allohning jazosini bizga ko’rsat, – deb masxara qildilar. – Qani bizga atalgan jazo?

– Agar xohlasa, Alloh sizni jazolaydi va bu jazoni bartaraf qilish qo`lingizdan kelmaydi», deb javob berdi. Lekin odamlar Nuh (a.s) ni tinglashni xohlamadilar. Ular uni aqldan ozgan deb atadilar, payg`ambar (a.s) esa ularni Allohga imon keltirishga chaqirishni davom etdi.

Shunday qilib, ko’p yillar o’tdi va boshqa hech kim Nuhga qo’shilmadi. Odamlar yomonlashgandan yomonlashib boraverishdi, ular tobora jiddiy gunohlar qilaverdilar. Keyin Nuh (a.s) ga Allohdan vahiy keldi: unga bu odamlar endi o`zgarmasligi, shuning uchun ular uchun qayg’urish kerak emasligi aytildi. Odamlar istagan narsasini qilsin, u esa katta kema qurishi kerak.

Nuh (a.s) katta kema qurishni boshladi va odamlar esa uni masxara qilishdi:

– Avval sen payg’ambar eding, endi duradgor bo’ldingmi?!

Yaqin atrofda dengiz bo’lmasa, nima uchun bunday katta kemani qurayotganini tushunmadilar. Ular bo`lajak jazo haqida eshitishni xohlamadilar.

Kema tayyor bo’lgach, kuchli va uzoq muddatli yomg’ir yog`a boshladi. Alloh Nuhga butun oilasini, imonlilarini va barcha hayvonlardan bir juftini kemada yig’ishni buyurdi.

Nuh (a.s) Alloh amrini bajardi va hitob qildi:

В«Bizni adolatsiz odamlardan qutqargan Allohga hamdu sanolar bo`lsin! Robbim, meni muborak joyga olib bor, o`zing joylashtirguvchilarning eng yaxshisisan!В»

Suv oqimlari osmondan quyilib, va yer qa`ridan toshib, vodiylar, qishloqlar, shaharlarni suv bosdi. Odamlar tog’larda qochishga harakat qilishdi, lekin suv ulardan-da balandroqqa ko’tarildi. Nuh (a.s) o’g’illaridan biri kemaga o’tirishdan bosh tortgan va tog’larga qarab qochayotgan edi. Nuh (a.s) uni ko’rib qoldi va qichqirdi:

– Ey o’g’lim, kemada sen uchun joy bor, najoddan bosh tortma!

– Men baland tog`da najot topaman! – javob berdi o`g`il.

– Faqat Allohga itoat etganlar panoh topadilar, – dedi Nuh (a.s).

Keyin katta to’lqin bu hududni qamrab oldi va Nuhning imonsiz o’g’li boshqa odamlar qatori subga g`arq bo`ldi. Nuh (a.s) ning kemasi esa to’lqinlar osha xavfsiz suzib ketdi.

Yomg’ir ko’p kunlar va tunlar yog`di. Barcha tog’lar, hatto eng baland cho’qqilar ham suv ostida qoldi. Lekin kunlarning birida yomg’ir to’xtadi. Suv asta-sekin pasayib, katta kema tog ' yonbag’riga chiqib qolgi. Yer quriganida, barcha odamlar va hayvonlar yerga tushdilar.

Nuh (a.s) chin yurakdan oilasi va do’stlarini qutqarib qolgan Allohga minnatdorchilik bildirdi.

PAYG`AMBARIMIZ IBROHIM (a.s)

Ibrohim buyuk payg`ambar (a.s) edi. U Fors (zamonaviy Eron) hududida joylashgan Bobil shahrida tug’ilgan. Bolaligidan Ibrohim (a.s) atrofida Allohga ibodat qilishni istamagan odamlar bo`lgan. O’sha paytda ko’pchilik odamlar Yaratganga emas, quyosh, oy, yulduzlar, hatto daraxtlar va o’simliklarga sig`inar edilar. Ibrohim (a.s) qabilasidan bo’lgan odamlar o’zlari yasagan tosh yoki yog’och, metalldan yasalgan butlarga sajda qilar edilar.

Bir kuni Ibrohim (a.s) otasining yoniga kelib: «Nahotki siz ham boshqalarga o`xshab, Allohning o`rniga butlarga sajda qilasiz?» – deb so’radi! Agar shunday bo’lsa, siz va xalqingiz katta xatoga yo`l qo`ydingiz!» Ibrohim (a.s) Odamlar butlarga yoki tabiat hodisalariga sajda qilganda, Alloh bundan darg`azab bo`lishini bilar edi.

Ibrohim (a.s) Allohning sodiq quli edi va uning xalqi ham to’g’ri yo’ldan yurishini istar edi. Ammo uning qabilasi o`z bilganidan qolmas, va payg`arbar (a.s) ning so`zlarini tinglamas edilar. Bu holat Ibrohim (a.s) ni tashvishga solar edi. Shundan so`ng buyuk Robbimiz Ibrohim qavmiga cheksiz muruvvat ko’rsatdi va payg’ambar (a.s) ga uning qabilasi nohaq ekanligini isbotlash yo`lini o`rgandi. Yaratgan Ibrohim (a.s) ga uchta alomat ko’rsatdi, agar odamlar Alloh kim ekanligi haqida u bilan bahslasha boshlasalar, Ibrphim (a.s) odamlarga bu alomatlar bilan javob berishi mumkin edi. Qur’onda bu haqda hikoya mavjud.

Bir kuni Ibrohim (a.s) Yaratgan haqida fikrlab o`tirganida, u tungi osmonga qarab va ulkan yulduzni ko’rib qoldi. «Bu yulduz bizning Robbimiz bo’lishi mumkinmi?!» – degan fikr o`tdi hayolidan… To’satdan yulduz o`chdi va Ibrohim (a.s) ishonch bilan shunday dedi: «Men hech qachon o`chmaydiganni sevaman!!!»

Vaqt o’tdi va osmonda ajoyib yorqin oy paydo bo’ldi. Va Ibrohim (a.s) o`ziga savol berdi: «Nahotki ularning barchasi bu mening Robbim deb o’ylayapti?«Bir muncha vaqt o’tgach, oy g’oyib bo’ldi va Ibrohim (a.s) dunyoni Yaratgan o’z xalqiga haqiqatni oshkor qilmasa, bu odamlar hech qachon to’g’ri yo’lni topa olmaydilar, deb o`yladi.

Ertasi kuni, Yer uzra porlab turgan quyosh ko’tarilganda, Ibrohim (a.s) o`z qavmiga: «Ehtimol, siz bu mening Robbim deb o’ylayotgandirsiz? -deya savol berdi. Bu men avval ko’rgan hamma narsaning eng ulug’voridir». Lekin quyosh ham g`oyib bo`ldi. Va kunning oxirida Ibrohim (a.s) o`z qavmiga: «Ey qavmim! Shubhasiz, men siz qilayotgan gunohga sherik emasman: men Allohga shirk keltirmayman. Men faqat Unga sajda qilaman. U osmon shohligini va yerni yaratgan Egamdir». Lekin uni yana rad qildilar…

Muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan, Ibrohim (a.s) o’z xalqini to’g’ri yo’lga qaytarish fikridan voz kechmadi. Bir kuni u qabilasidan so’radi:

– Siz sajda qilayotgan bu haykallar nima?

– Ularga bizning ota-bobolarimiz sajda qilganlar – - deb javob berdilar.

– Siz va ota-bobolaringiz adashyapsizlar, – dedi Ibrohim (a.s). Keyin Ibrohim ularga Yaratganning g’azabini qo’zg’atmaslik uchun faqat bitta Xudoga sajda qilishlari kerakligini tushuntirdi. Va bir kun butlarni yo’q qilishi haqida qavmini ogohlantirdi…

Mana bayram ham keldi. Bu paytda, Ibrohim (a.s) qavmidan bo’lgan odamlar, odatda, shahar tashqarisida o’yinlar o`ynab, maroqli tarzda dam olishar edi. Ibrohim (a.s) hamma ketgunga qadar kutib turdi va eng katta butdan tashqari barcha butlarni mayda bo`laklarga sindirib tashladi.

Bir muncha vaqt o’tgach, odamlar qaytib kelib, xudolari deb hisoblagan butlarning qoldiqlarini topdilar. Bu ularni juda g’azablantirdi.

– Bizning xudolarimizni kim bu ko`yga soldi? – qichqirishdi ular.

Ulardan ba’zilari Ibrohim (a.s) ning butlarga sajda qilishni qoralagani va hatto ularni sindirib tashlash bilan tahdid qilganini darhol esladilar. Yosh yigitni butler sindirilgan joyga olib bordilar va so’radilar:

– Ibrohim, buni sen qildingmi?

Все книги на сайте предоставены для ознакомления и защищены авторским правом